Kalkulyator · B toifa prava · 2026

Oʻzbekistonda prava qancha turadi: kalkulyator

B toifa pravasining toʻliq narxini hisoblang: YIM markazidagi imtihon, guvohnoma berish, avtomaktab kursi va qayta topshirishlar. Summalar 2026-yil sentabrida YIM ommaviy oferta va Toshkent avtomaktablarining ochiq prayslari boʻyicha tekshirilgan.

soʻm

Toshkentda B toifa uchun toʻliq kurs 6–10 mln soʻm, unga kamida 69 soat amaliy haydash kiradi. Oʻz maktabingiz narxini kiriting.

Nazariyani qayta topshirish
0
Amaliy imtihonni qayta topshirish
0

Har bir bosqichni qayta topshirish — 1 600 000 soʻm.

Nazariyaga tayyorgarlik

2026-yildan nazariyani mustaqil oʻrganish mumkin: nazariy kurs haqida maʼlumotnoma talab qilinmaydi.

Jami11 880 000 soʻm

Jami

11 880 000 soʻm

Hammasi birinchi urinishda boʻlsa: 11 880 000 soʻm

Avtomaktab kursi
8 000 000
Nazariya imtihoni
1 500 000
Amaliy imtihon
1 500 000
Guvohnoma berish
880 000

Nazariya birinchi urinishda topshirilib, amaliy imtihon oʻsha kuni toʻlansa, u 1 500 000 soʻm turadi. Nazariya qayta topshirilgandan keyin — 1 600 000.

Kirmagan: 083/u maʼlumotnoma (narxini klinika belgilaydi), suratlar, markazgacha yoʻl.

Bitta bosqichni qayta topshirish Rulchi PRO obunasining 50 oyiga teng.

Rulchi — mustaqil trenajyor, YHXDX va YIM markazlari bilan bogʻliq emas va imtihondan oʻtishni kafolatlamaydi.

Raqamlar qayerdan

  • Imtihon: YIM markazlarining 2026-yil 6-yanvardagi ommaviy ofertasi. Nazariya va amaliy imtihon 1 500 000 soʻmdan, bosqichni qayta topshirish 1 600 000 soʻm.
  • Guvohnoma berish: my.gov.uz da 2026-yil 6-noyabr holatiga 880 000 soʻm. Summa BHM ga bogʻliq va oʻzgarishi mumkin.
  • Avtomaktab: Toshkentda B toifa toʻliq kursi 6–10 mln soʻm (2025–2026 yillardagi ochiq prayslar va OAV maʼlumotlari); amaliyotning majburiy minimumi — 69 soat haydash.
  • Pullik tezkor nazariya kurslari — ~2 mln soʻmgacha; 2026-yil 1-fevraldan nazariyani mustaqil oʻrganish mumkin.

Qoidalar: lex.uz/mact/5953887. Avtomaktab va klinikalar narxi har birida alohida, toʻlashdan oldin bevosita aniqlang.

Narx haqida savollar

Nazariya birinchi urinishda — 1,5 mln soʻm. Haydash imtihoni ham 1,5 mln, agar nazariyadan birinchi urinishda oʻtib, haydashni oʻsha kuni toʻlasangiz; aks holda — 1,6 mln. YIM markazlari ommaviy ofertasida shunday (2026-yil sentabrida tekshirildi)

Bosqichiga 1,6 mln soʻm — birinchi urinishdan biroz qimmat. Nazariyani keyingi ish kunidayoq, haydashni 7 kundan keyin qayta topshirsa boʻladi, har bir urinish esa qaytadan toʻlanadi

my.gov.uz da guvohnoma berish uchun hozir 880 000 soʻm toʻlanadi — bu 2026-yil 6-noyabr holatiga maʼlumot. Summa BHMga bogʻlangan va u bilan birga oʻzgaradi, aniq raqamni portal toʻlov paytida koʻrsatadi; Davlat xizmatlari markazida joyida u yuqoriroq boʻlishi mumkin

B toifa boʻyicha toʻliq kurs — 6–10 mln soʻm. Nazariyani oʻzingiz oʻrgansangiz, faqat amaliyot uchun toʻlaysiz, lekin uning majburiy minimumi — 69 soat haydash. Instruktor bilan bir soat 100–250 ming soʻm, shuning uchun «faqat amaliyot» narxini 2–3 ta maktabda solishtiring

Bu eski tariflar: 2024-yilda bosqich 500 ming soʻm, 2025-yilda 1 mln turardi. 2026-yil 6-yanvardan YIM markazlari bosqichiga 1,5 mln oladi